fbpx Betguru » A Seriya. Fadjolining debyut goli «Yuventus»ga g‘alaba keltirdi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

A Seriya. Fadjolining debyut goli «Yuventus»ga g‘alaba keltirdi


A Seriya 12-turi doirasidagi ikkinchi uchrashuv yakuniga yetdi.

«Yuventus» safarda «Lechche» mehmoni bo‘lib, zaxiradan maydonga tushgan Fadjolining ajoyib goli evaziga g‘alaba qozondi – 1:0. Bu 21 yoshli yarimhimoyachining A Seriyadagi ilk goli bo‘ldi.

Shu tariqa, Allegri shogirdlari 22 ochko bilan hozircha 6-o‘ringa ko‘tarildi. «Lechche» esa 8 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.

A Seriya. 12-tur.
Lechche – Yuventus 0:1
Gol: 0:1 – 73 Fadjoli.
Lechche – Falkone, Jandre, Baskirotto, Pongrachich, Gallo, Blen (Askildsen, 60), Yulmand, Gonsales (Rodriges, 87), Uden (Banda, 60), Sisey (Kolombo, 82), Espeto (Di Franchesko, 82).
Yuventus – Shchensni, Danilo, Gatti, Aleks Sandro, Soule (Bonuchchi, 84), Kostich (Ayling, 72), Rabo, Makkenni (Fadjoli, 46), Miretti (Kin, 62), Kuadrado, Milik.
Ogohlantirishlar: Miretti (12), Kuadrado (17), Milik (23), Gatti (29), Sisey (59), Pongrachich (71), Ayling (78).

image