fbpx Betguru » A Seriya. 17 yoshli futbolchining goli «Latsio»ni 2-o‘ringa olib chiqdi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

A Seriya. 17 yoshli futbolchining goli «Latsio»ni 2-o‘ringa olib chiqdi

Italiya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda «Latsio» o‘z maydonida «Monsa»ni qabul qilib, 17 yoshli yarimhimoyachi Luka Romeroning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.

Rim klubi ochkolarini 30taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Monsa» 13 ochko bilan 15-pog‘onada qoldi.

A Seriya. 14-tur

Latsio — Monsa 1:0

10 noyabr, «Olimpiko»

Gol: Romero (69).

Latsio – Provedel, Romanoli, Kazale, Hyusay, Vesino (Bashich, 61), Milinkovich-Savich, Markos Antonio (Kataldi, 60), Ladzari (Marushich, 27), Felipe Anderson, Pedro (Immobile, 86), Kancheleri (Romero, 46).

Monsa – Di Gregorio, Kaldirola, Donati (Marlon, 58), Isso (Karboni, 79), Karlos Augusto, Pessina, Machin (Rovella, 58), Kolpani (Kaprari, 73), Ranokkiya, Churria, Petanya (Gyutkyayer, 73).

Ogohlantirishlar: Donati (45), Kazale (63), Marushich (75).

image