fbpx Betguru » MYU himoyachisining sog‘lig‘ida muammo kuzatilmoqda
Tuesday, 23 April 2024
← Go to the news

MYU himoyachisining sog‘lig‘ida muammo kuzatilmoqda

“Manchester Yunayted” himoyachisi Viktor Lindelyof nafas olish bilan bog‘liq muammosi yuzaga kelgani tufayli sog‘lig‘ini tekshirtirmoqda. Bu haqda “Sky Sports” xabar berdi.

27 yoshli futbolchi bugun “Brentford” bilan bo‘lishi kerak bo‘lan o‘yinda ham qatnashishi noma’lum edi. Jamoa uning bu kasali koronavirus bilan bog‘liq emas, deb umid qilmoqda.

Ma’lumot uchun, shanba kuni “Norvich”ga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda Lindelyofning nafas olishi qiyinlashgan va ikkinchi taymda u maydonni tark etgan edi.

Shvetsiyalik himoyachi joriy mavsum “qizil iblislar” safida 18 uchrashuvda maydonga tushib, 2 assist muallifiga aylangan.

image