fbpx Betguru » Liga 1. «Lill» – «Lion» bahsida g‘olib nomi aniqlanmadi
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

Liga 1. «Lill» – «Lion» bahsida g‘olib nomi aniqlanmadi

Fransiya birinchi divizionida 18-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi kunning markaziy bellashuvlaridan biri «Lill» hamda «Lion» klublari o‘rtasida kechdi. Har ikkala jamoa darvozalari oldida bir qator xavfli vaziyatlar yaratilgan bo‘lsa ham, darvozalar dahlsiz qoldi — 0:0.

Shu tariqa, tomonlar 1 ochkodan bo‘lishib olishdi. «Lill» ochkolari sonini 25taga yetkazib, 11-pog‘onadan joy egalladi. «Lion» esa 23 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda, lekin ularda bitta zaxira o‘yini ham mavjud.

Liga 1. 18-tur
12 dekabr, yakshanba
«Lill» – «Lion» 0:0
«Lill»: Grbich, Jalo, Botman, Fonte, Chelik, Bamba (Gudmundsson, 81), Sanches, Andre, Ikone (Gomes, 69), Yilmaz, Devid.

«Lion»: Lopesh, Lukeba, Boateng, Da Silva, Enrike (Emerson, 35), Mendes (Kakere, 73), Gimaraesh, Gusto (Dyubua), Auar (Sherki, 85), Dembele, Slimani (Kadevere, 73).

image