fbpx Betguru » La Liga. «Kadis» «Real»ning g‘alabali seriyasiga barham berdi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Kadis» «Real»ning g‘alabali seriyasiga barham berdi

Ispaniya chempionatining 18-turida peshqadam «Real» o‘z maydonida «Kadis» darvozasiga yo‘l topa olmadi. E’tiborlisi, madridliklar o‘tgan mavsumda ham uyda «Kadis»ni (0:1) yenga olishmagandi.

Shu tariqa «Real»ning barcha turnirlar doirasida 10, La Ligada esa 7 o‘yindan iborat g‘alabali seriyasi barham topdi.

Anchelotti jamoasi ochkolarini 43taga yetkazib, eng yaqin ta’qibchisi «Sevilya»ni 6 ochkoga ortda qoldirmoqda. «Kadis» 14 ochko bilan 19-pog‘onaga joylashgan.

La Liga. 18-tur
Real — Kadis 0:0
19 dekabr, «Santyago Bernabeu»
Real — Kurtua, Vaskes, Alaba, Militao, Mendi (Nacho, 82), Kazemiro, Kroos, Valverde (Yovich, 70), Vinisius, Azar, Benzema.
Kadis — Ledesma, Akapo, Kala, Fali, Espino, Alexo (Chapelya, 71), Alarkon (Mauro, 90+4), Yonsson (Bastida, 85), Sobrino, Fernandes, Losano (Negredo, 46).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (26), Kala (64).

image