fbpx Betguru » La Liga. «Betis» Bilbaoda alamli mag‘lubiyatga uchradi, Molinaning het-trigi «Granada»ga g‘alaba keltirdi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Betis» Bilbaoda alamli mag‘lubiyatga uchradi, Molinaning het-trigi «Granada»ga g‘alaba keltirdi

Ispaniya chempionatining 18-turida 3-o‘rindagi «Betis» (33) Bilbaoda «Atletik»ka (24, 9-o‘rin) imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Pellegrini jamoasi raqibidan ikki barobar ko‘proq vaziyatlarga ega bo‘lib, hisobda oldinga chiqib olganiga qaramay, 72 va 89-daqiqalarda to‘plar o‘tkazib g‘alabani boy berdi.

«Granada» (19, 15-o‘rin) o‘z maydonida «Malorka»ni (20, 14-o‘rin) Molinaning het-trigi evaziga yirik hisobda mag‘lub etdi.

La Liga. 18-tur. 19 dekabr
Atletik — Betis 3:2
Gollar: I.Uilyams (2, 72), de Markos (89) — Xuanmi (6), Fekir (52).
Atletik — Agirrezabala, L.Martines (de Markos, 55), Nunes, Alvares, Balensiaga, N.Uilyams (Morsilo, 82), Vensedor, Vesga (Zarraga, 55), Muniain (Berenger, 69), Garsiya (Sanchet, 69), I.Uilyams.
Betis — Silva, Bellerin, Bartra, Ruis, Moreno (Miranda, 83), Rodriges (Gonsales, 67), Karvalyu (Xoakin, 83), Kanales, Fekir, Xuanmi (Rodri, 77), Villian Joze (Iglesias, 83).

Granada — Malorka 4:1
Gollar: Molina (20, 61, 90+1), Puertas (90+6) — Rodriges (24).
Granada — Maksimianu, Kuini, Torrente, Sanches, Neva (Eskudero, 68), Puertas, Milya, Gonalon, Machis (Arias, 80), Molina (Butske, 90+4), Suares.
Malorka — Reyna, Maffeo (Nino, 69), Sedlar, Valent, Xayme (Olivan, 80), Baba, Ruiz (Sevilya, 69), Kubo, Rodriges, Li (Sanches, 60), Anxel (Prats, 80).

image