fbpx Betguru » La Liga. «Barselona» safarda «Sevilya» bilan durang o‘ynadi, «Vilyarreal» 5ta gol urdi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Barselona» safarda «Sevilya» bilan durang o‘ynadi, «Vilyarreal» 5ta gol urdi

Ispaniya chempionati 4-turi doirasida qoldirilgan ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi.

«Sevilya» o‘z maydonida «Barselona»ni qabul qilib, murosa yo‘lini tanladi. Gollar birinchi bo‘limda burchak zarbalaridan so‘ng urildi. Gomesning goliga Arauxo javob berdi. 65-daqiqada mezbonlar a’zosi Jyul Kunde kataloniyaliklar himoyachisi Xordi Albaning yuziga to‘p bilan urgani uchun maydondan chetlatildi.

«Sevilya» 38 ochko bilan 2-o‘rinni mustahkamlab oldi va peshqadam «Real»dan 5 ochkoga ortda qolmoqda. «Barsa» 28 ochko bilan 7-o‘ringa chiqib oldi.

«Vilyarreal» esa «Alaves»ga (15, 18-o‘rin) qarshi gollarga boy bahsda yirik hisobda g‘alaba qozonib, 25 ochko bilan 9-o‘ringa ko‘tarildi. Mezbonlar safida Moreno va Dia dublga erishdi.

La Liga. 4-tur. 21 dekabr
Sevilya — Barselona 1:1
Gollar: 1:0 – 32 Gomes, 1:1 – 45 Arauxo.
Sevilya — Bunu, Kunde, Fernando, Karlos, Rekik, Xordan, Dileyni (Augustinsson, 86), Rakitich (Gudel, 70), Okampos (Fattore, 90+2), Mir (An-Nosiri, 70), Gomes (Xuanlu, 86).
Barselona — ter Stegen, Arauxo, Pike, Garsiya (Langle, 73), Alba, Frenki de Yong (Lyuk de Yong, 85), Buskets, Gavi, Dembele, Yutgla (Niko, 73), Ezzalzuli.
Chetlatish: Kunde (64).

Vilyarreal — Alaves 5:2
Gollar: X.Moreno (18, 88), Dia (27, 76), Pino (79) — Pons (44), Xoselu (65).
Vilyarreal — Rulli, Foyt, Albiol, Torres, Estupinan (Pedrasa, 73), Chukvueze (Pino, 72), Kapu (Iborra, 89), Parexo, Trigeros (A.Moreno, 72), X.Moreno, Dia (M.Gomes, 87).
Alaves — Pacheko, Agirregaribiya, Laguardiya (Tachi, 84), Lejen, Lopes (Duarte, 77), Pons (de la Fuente, 84), Ndiaye, Pinya (Moyya, 77), Silla (Mendes, 58), Xoselu, Rioxa.

Ishonchli Bukmekerni tanlang

image