fbpx Betguru » Gvardiola: «Biz «Liverpul»dek tezkor hujum qila olmaymiz. Ular bu borada mutaxassis»
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

Gvardiola: «Biz «Liverpul»dek tezkor hujum qila olmaymiz. Ular bu borada mutaxassis»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Liverpul» va o‘z jamoasining hujumkorligini taqqosladi.

«Biz hozirgidan ko‘ra tezkorroq hujum qila olmaymiz. Biz «Liverpul» emasmiz, ulardek hujumga tez o‘ta olmaymiz. Bu borada biz emas, ular mutaxassis. Biz to‘pni oshirish, oshirish va yana oshirish bilan o‘yinni nazorat qila olamiz.

Avvalgi turda «Nyukasl» oldinga borishdan qo‘rqmadi, 2-3ta golli vaziyat yaratdi. Biz esa ikkinchi bo‘limda faqat va faqat to‘pni o‘zaro oshirib, sovuqqonlik bilan yirik hisobda yutdik.

Sovuqqonlik, sabr qilish – bu dangasalik ham, sekin o‘ynash ham emas. Eng asosiysi to‘p senda ekani. Bu esa barqarorlikni ta’minlaydi. Barqaror jamoaga aylanish uchun bizga faqat to‘p kerak. Boshqa hech narsa shartmas», – deydi Gvardiola.

Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» APL turnir jadvalida 18-turidan keyin 44 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda.

ishonchli bukmekerni tanlang

image