fbpx Betguru » Bundesliga. «Frayburg» «Bayer»ni mag‘lub etib, 1-davrani 3-o‘rinda yakunladi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Bundesliga. «Frayburg» «Bayer»ni mag‘lub etib, 1-davrani 3-o‘rinda yakunladi

Germaniya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan so‘nggi ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi.

«Frayburg» o‘z uyida «Bayer» ustidan g‘alaba qozonib, 1-davrani 29 ochko bilan 3-pog‘onada yakunladi. 28 ochkosi bor Levarkuzen klubi esa 4-o‘ringa tushdi.

«Kyoln» 89-daqiqadagi gol evaziga
«Shtutgart»ni (17, 16-o‘rin) mag‘lub etib, 25 ochko bilan 8-pog‘onaga ko‘tarildi.

Bundesliga. 17-tur. 19 dekabr

Frayburg — Bayer 2:1
Gollar: Grifo (33, penalti), Shade (84) — Arangis (45+1).
Frayburg – Flekken, Kyubler, Linxart, Shlotterbek, Gyunter, Hefler, Haberer (Eggeshtayn, 80), Grifo (Demirovich, 80), Shallai (Shade, 56), Chon Vu Yon (Shlotterbek, 90), Heler.
Bayer – Gradetski, Frimpong, Ta, Kossunu, Sinkgraven (Bakker, 87), Arangis (Palasios, 80), Demirbay (Sertdemir, 87), Andrix, Adli (Paulino, 76), Virts, Shik (Alario, 75).

Kyoln — Shtutgart 1:0
Gol: Modest (89).
Kyoln – Shvebe, Shmits, Chixos (Kilian, 87), Hyubers, Hektor, Kayns (Shindler, 71), Shaub (Xorn, 56), Duda (Ut, 57), O‘zjan, Modest, Andersson (Tilmann, 57).
Shtutgart – Myuller, Anton, Mavropanos, Ito, Fyurix (Shtensel, 79), Kulibali (Fagir, 90), Endo, Mangalya, Ferster (Narti, 72), Klimovich (Tibidi, 72), Marmush (Mvumpa, 71).

image