fbpx Betguru » Bundesliga. «Bavariya» safarda «Shtutgart»ni tor-mor etdi. Gnabrida het-trik, Levandovskida dubl
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

Bundesliga. «Bavariya» safarda «Shtutgart»ni tor-mor etdi. Gnabrida het-trik, Levandovskida dubl

Germaniya chempionatining 16-turidan o‘rin olgan dastlabki bahsda peshqadam «Bavariya» safarda «Shtutgart» darvozasiga javobsiz 5ta to‘p kiritdi. Gnabri het-trikka erishgan bo‘lsa, Levandovski dubl qayd etdi.

«Bavariya» ochkolarini 40taga yetkazib, eng yaqin ta’qibchisi «Borussiya» D bilan farqni 9 ochkoga yetkazdi. «Shtutgart» 17 ochko bilan 15-pog‘onada qoldi.

Bundesliga. 16-tur
Shtutgart — Bavariya 0:5
14 dekabr, «Mersedes-Bens Arena»
Gollar: Gnabri (40, 53, 74), Levandovski (69, 74).
Shtutgart – Myuller, Kempf, Anton, Mavropanos, Ito, Kulibali (Mvumpa, 63), Karazor, Endo, Mangalya (Fagir, 75), Ferster (Fyurlix, 63), Marmush (Tibidi, 84).
Bavariya – Noyer, Pavar, Zyule, Ernandes, Devis (Richards, 78), Roka (Nyanzu, 75), Musiala, Myuller (Kyuizans, 78), Levandovski, Gnabri (Tillman, 75), Koman (Sane, 27).
Ogohlantirishlar: Devis (55), Karazor (64)

image