Tuesday, 27 September 2022
← Go to the news

«Barselona» qishki transfer oynasida birinchilardan bo‘lib futbolchi sotib oldi.

Kataloniyaliklar xarid qilgan «Manchester Siti» vingeri Ferran Torres transferini e’lon qila olmaydi. Bunga byurokratik to‘siqlar sabab bo‘lmoqda. Ya’ni, «ko‘k-anorranglilar» hali ingliz klubidan transferni yakunlash uchun kerakli hujjatlarni olmagan. Bungacha, kelishuv rasman e’lon qilinmaydi.

Ispan OAV xabariga ko‘ra, tomonlar shartnomani La Liga moliyaviy feyr-pley va ish haqi bo‘yicha talablariga moslashtirish ishlarini olib bormoqda. Ma’lumot uchun, Torres kataloniyaliklarga 55 million evroga tushdi. Shuningdek, bonus sifatida 10 million evro berilishi ko‘zda tutilgan.

21 yoshli futbolchi joriy mavsum «Siti» libosida 7 uchrashuvda maydonga tushib, 3 gol va 1 assist muallifiga aylangan.

Ishonchli bukmekerni tanlang