Saturday, 3 December 2022
← Go to the news

APLda Boxing day. Manchesterda 9ta gol kiritildi, «Arsenal»da 5:0, «Tottenhem»da yirik g‘alaba, «Vest Hem»da kutilmagan mag‘lubiyat

Premer-liga 19-tur uchrashuvlari bilan Angliyada «Boksing dey» boshlandi. Tur doirasidagi dastlabki 4ta uchrashuv yakuniga yetdi.

Turning markaziy uchrashuvi Manchesterda o‘tib, «Siti» o‘z maydonida «Lester» bilan bahsda 6:3 hisobida zafar quchdi. O‘yinda Sterling dublga erishdi.

«Tottenhem» esa o‘z maydonida «Kristal Pelas»ni, «Arsenal» esa safarda «Norvich»ni yirik hisobda mag‘lub etdi.

«Vest Hem» esa Londonda muxlislari qarshisida «Sauthempton»ga mag‘lub bo‘ldi – 2:3.

Shu tariqa, «Siti» ochkolari sonini 47taga yetkazib, 1-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «Arsenal» 35 ochko bilan 4-o‘rin, «Tottenhem» 29 ochko bilan 5-pog‘onaga ko‘tarildi.

APL. 19-tur
Tottenhem – Kristal Pelas 3:0
Gollar: 1:0 – 32 Keyn, 2:0 – 34 Lukas Moura, 3:0 – 74 Son Hyon Min.
Tottenxem – Loris, Emerson, Dayer, Sanches, Tanganga, Regilon, Son Hyon Min (Xil, 76), Lukas Moura, Heyberg (Ndombele, 79), Skipp, Keyn (Bergveyn, 64).
Kristal Pelas – Batlend, Uord, Tomkins, Andersen, Mitchell (Fergyuson, 82), Kuyate, Xyuz, Gallaxer (Shlupp, 76), Ayyu, Zaha, Eduar (Mateta, 63).
Chetlatish: Zaha (37).

Manchester Siti – Lester 6:3
Gollar: 1:0 – 5 de Bryuyne, 2:0 – 14, penalti Mahrez, 3:0 – 21 Gundo‘g‘an, 4:0 – 25, penalti Sterling, 4:1 – 55 Meddison, 4:2 – 59 Lukman, 4:3 – 65 Iheanacho, 5:3 – 69 Laport, 6:3 – 87 Sterling.
Manchester Siti – Ederson, Joau Kanselu, Laport, Ruben Diash, Zinchenko, Fernandino, Gundo‘g‘an, de Bryuyne (Foden, 71), Bernardu Silva, Sterling, Mahrez.
Lester – Shmeyxel, Vestergor, Amarti, Tomas, Tilemans (Chouduri, 71), Meddison, Dyuzberi-Xoll, Olbrayton, Peres (Kastan, 46), Iheanacho, Lukman.

Vest Hem – Sauthempton 2:3
Gollar: 0:1 – 8 Elyunussi, 1:1 – 49 Antonio, 1:2 – 61, penalti Uord-Prouz, 2:2 – 64 Benraxma, 2:3 – 70 Bednarek.
Vest Xem – Fabianski, Soufal, Douson, Diop, Masuaku, Vlashich (Antonio, 46), Souchek, Rays, Fornals (Lansini, 46), Benraxma (Yarmolenko, 81), Bouen.
Sautgempton – Forster, Livramento, Bednarek, Salisu, Uoker-Piters, Redmond, Romeu, Elyunussi, Uord-Prouz, Broya (Adams, 81), Uolkott (Armstrong, 89).

Norvich – Arsenal 0:5
Gollar: 0:1 – 6 Saka, 0:2 – 44 Tirni, 0:3 – 67 Saka, 0:4 – 84, penalti Lyakazett, 0:5 – 90 Smit-Rou.
Norvich – Gann, Aarons, Gibson, Qoboq, Uilyams, Plaxeta (Solis, 75), Maklin, Dauell (Le-Melu, 66), Gilmor, Sardjent (Ida, 72), Pukki.
Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Xolding, Gabriel, Tirni, Jaka, Parti (El-Nenni, 75), Edegor, Saka (Pepe, 78), Lyakazett, Martinelli (Smit-Rou, 82).

Turning so‘ngi o‘yini 27 dekabr kuni «Nyukasl» — «MYU» o‘rtasida kechadi. Turning «Liverpul» – «Lids», «Vulverhempton» – «Uotford», «Bernli» – «Everton» uchrashuvlari esa koronavirus sababli qoldirilgan.

ishonchli bukmekerni tanlang