fbpx Betguru » APL. «Tottenhem» «Liverpul» bilan jangovar durang qayd etib, o‘zaro o‘yinlardagi mag‘lubiyatli seriyasiga chek qo‘ydi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

APL. «Tottenhem» «Liverpul» bilan jangovar durang qayd etib, o‘zaro o‘yinlardagi mag‘lubiyatli seriyasiga chek qo‘ydi

Angliya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Liverpul» Londonda «Tottenhem» bilan jangovar durang qayd etdi. Mezbonlardan Keyn va Son, mersisaydliklardan Jota va Robertson to‘p kiritishdi. E’tiborlisi, Robertson bellashuvni oxirigacha yakunlay olmadi — Emersonga nisbatan qo‘polligi uchun maydondan chetlatildi.

Shu tariqa «shporlar» Klopp jamoasiga qarshi 7 o‘yindan iborat mag‘lubiyatli seriyaga chek qo‘yishdi.

«Liverpul» 41 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi va endi «Manchester Siti»dan 3 ochko ortda. Zaxirasida 3ta o‘yini bor «Tottenhem» 26 ochko bilan 7-pog‘onaga joylashgan.

APL. 18-tur
Tottenhem — Liverpul 2:2
19 dekabr, «Tottenhem Stedium»
Gollar: Keyn (14), Son (74) — Jota (35), Robertson (70).
Tottenhem — Loris, Dayer, Sanches, Emerson, Devis, Sessenon (Regilon, 86), Uinks, Ndombele (Skipp, 64), Alli (Moura, 81), Keyn, Son.
Liverpul — Alisson, Aleksander-Arnold, Konate, Matip, Robertson, Milner, Morton (Firmino, 60), Keyta, Mane (Simikas, 81), Saloh, Jota (Gomes, 90+2).
Ogohlantirishlar: Keyn (20), Morton (23), Emerson (28), Uinks (47), Devis (58), Keyta (84), Konate (85).
Chetlatish: Robertson (77).

image