fbpx Betguru » APL. «MYU» «Everton» bilan bahsda ochko yo‘qotib, 2-o‘ringa ko‘tarildi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

APL. «MYU» «Everton» bilan bahsda ochko yo‘qotib, 2-o‘ringa ko‘tarildi

APL 7-turi doirasidagi dastlabki uchrashuvda «MYU» «Old Trafford»da «Everton»ni qabul qildi.

O‘yinning 43-daqiqasida Marsyal mavsumdagi ilk golini kiritib, hisobni ochdi. 65-daqiqada esa Taunsend qarshi hujumda hisobni tenglashtirib, yakunda jamoasiga durang natija keltirdi.

Ushbu durangdan keyin «MYU» 14 ochko bilan hozircha 2-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, «Everton» ham shuncha ochko bilan hozircha 3-o‘rinda bormoqda.

APL. 7-tur
Manchester Yunayted – Everton 1:1
Gollar: 1:0 – 43 Marsyal, 1:1 – 65 Taunsend.
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Lindelef, Shou, Fred (Pogba, 70), Brunu Fernandesh, Maktomini, Kavani (Ronaldu, 57), Marsyal (Sancho, 57), Grinvud.
Everton – Pikford, Godfri, Kin, Mina, Din, Taunsend, Allan, Dukure, Grey, Rondon, Gordon (Devis, 72).

image