Saturday, 28 May 2022
← Go to the news

APL. «Lester» «Nyukasl»ni tor-mor etdi, «Vest Hem»da durang

Angliya chempionatining 16-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi.

«Lester» o‘z maydonida «Nyukasl» (10, 19-o‘rin) darvozasiga javobsiz 4ta to‘p kiritib, 22 ochko bilan 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Tilemans dublga erishgan bo‘lsa, Daka va Meddison ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi.

4-o‘rindagi «Vest Hem» (28) esa safarda «Byornli» (11, 18-o‘rin) darvozasiga yo‘l topa olmadi.

APL. 16-tur. 12 dekabr
Byornli — Vest Hem 0:0
Byornli — Pop, Louton, Tarkovski, Mi, Teylor, Gudmundsson, Vestvud (Braunhill, 71), Kork, Maknil (Lennon, 89), Vud (Vidra, 60), Rodriges.
Vest Hem — Fabyanski, Soufal, Douson, Doip, Masuaku, Rays, Souchek, Bouen, Lansini (Fornals, 80), Benrahma (Vlashich, 70), Antonio.

Lester — Nyukasl 4:0
Gollar: Tilemans (38 penalti, 81), Daka (57), Meddison (85).
Lester — Shmeyxel, Kastan, Evans (Sumare, 6), Suyunchi, Tomas, Tilemans, Ndidi, Meddison (Makatir, 88), Dyusberi-Holl, Barns (Olbrayton, 71), Daka.
Nyukasl — Dubravka, Mankilo, Sher, Lassels, Lyuis (Merfi, 62), Almiron (Freyzer, 62), Shelvi (Richi, 85), Uillok, Sen-Maksimen, Joelinton, Uilson.