Saturday, 28 May 2022
← Go to the news

APL. «Kristal Pelas» «Everton»ni mag‘lub etdi, Gallaherda dubl

Angliya chempionatining 16-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda «Everton» safarda «Kristal Pelas»ga imkoniyatni boy berdi. Gallaherning dubli va Tomkinsning goliga mersisaydliklardan Rondon javob berdi.

«Kristal Pelas» ochkolarini 19taga yetkazib, 12-o‘ringa chiqib oldi. 18 ochkoga ega «Everton» 14-pog‘onaga tushdi.

APL. 16-tur
Kristal Pelas — Everton 3:1
12 dekabr, «Sellherst Park»
Gollar: Gallaher (41, 90+3), Tomkins (62) — Rondon (70).
Kristal Pelas — Guaita, Uord, Tomkins, Geyi, Mitchell (Klayn, 90+1), Hyuz (Shlupp, 74), Kuyate, Gallaher, Ayyu, Zaa, Eduard (Benteke, 74).
Everton — Pikford, Koulmen, Holgeyt, Kin, Godfri, Dukure, Delf (Gordon, 58), Grey, Gomesh, Taunsend, Risharlison (Rondon, 58)