fbpx Betguru » APL. De Xeaning seyvlari va Kavanining goli «MYU»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

APL. De Xeaning seyvlari va Kavanining goli «MYU»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

Angliya chempionatining 19-turida «Manchester Yunayted» safarda «Nyukasl» bilan bahs yuritib, qiyin durangga erishdi. Sen-Maksimenning tezkor goliga zaxiradan maydonga tushgan Kavani javob berdi. Shuningdek, bellashuv davomida mehmonlar posboni De Xea 7ta seyv qilib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Shu tariqa mankunianliklar Rangnik boshqaruvida (3 o‘yinda) Premer-ligada ilk bor ochko yo‘qotishdi.

«MYU» ochkolarini 28taga yetkazib 7-o‘rinda, «Nyukasl» 11 ochko bilan 19-pog‘onada qoldi.

APL. 19-tur
Nyukasl — Manchester Yunayted 1:1
27 dekabr, «Sent-Jeyms Park»
Gollar: Sen-Maksimen (7) — Kavani (71).
Nyukasl — Dubravka, Kraft, Sher, Lasseles, Mankilo, Longstaff, Shelvi, Joelinton, Freyzer (Almiron, 75), Sen-Maksimen (Geyl, 83), Uilson (Merfi, 45+6).
Manchester Yunayted — De Xea, Varan, Maguayr, Dalot, Telles, Maktominey (Matich, 78), Fred (Sancho, 46), Reshford, Fernandesh, Grinvud (Kavani, 46), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Ronaldu (57), Kraft (66), Maguayr (68), Fernandesh (68), Joelinton (70), Mankilo (90+5).

ishonchli bukmekerni tanlang

image