fbpx Betguru » Angliya Liga Kubogi. «Arsenal» «Sanderlend»ni tor-mor etib yarimfinalga yo‘l oldi, Nketiada het-trik
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

Angliya Liga Kubogi. «Arsenal» «Sanderlend»ni tor-mor etib yarimfinalga yo‘l oldi, Nketiada het-trik

Angliya Liga Kubogida chorakfinal bahslari boshlandi.

«Arsenal» o‘z maydonida «Sanderlend» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonib, yarimfinalning ilk ishtirokchisiga aylandi. Nketianing het-trigi, Pepe va Patinoning gollariga Broudhed bir bor javob berdi.

22 dekabr kuni chorakfinalning qolgan o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. «Liverpul» «Lester»ni, «Tottenhem» «Vest Hem»ni qabul qiladi. «Chelsi» esa safarda «Brentford» mehmoni bo‘ladi.

Angliya Liga Kubogi. 1/4 final
Arsenal — Sanderlend 5:1
21 dekabr, «Emireyts»
Gollar: Nketia (17, 49, 58), Pepe (27), Patino (90+1) — Broudhed (31).
Arsenal – Leno, Soaresh, Holding, Uayt (Gabriel, 73), Tavaresh, El-Nenni, Edegor (Martinelli, 73), Smit-Rou (Patino, 79), Pepe, Nketia, Balogun (Jaka, 56).
Sanderlend – Berj, Rayt, Flenagan, Doyl, Uinchester, Guch (Evans, 78), Pritchard, Emblton (O’Brayen, 78), Neyl, Broudhed (Hyum, 45), Styuart (Mbunga, 90+2).
Ogohlantirishlar: Guch (20), Balogun (54), Xyum (60), Rayt (76), Doyl (85).

Ishonchli Bukmekerni tanlang

image