fbpx Betguru » A Seriya. Himoyachilarning gollari «Roma»ga g‘alaba keltirdi, Shomurodov maydonga tushmadi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

A Seriya. Himoyachilarning gollari «Roma»ga g‘alaba keltirdi, Shomurodov maydonga tushmadi

Italiya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda «Roma» o‘z maydonida «Spetsiya»ni qabul qilib, markaziy himoyachilar — Smolling va Ibanesning gollari evaziga g‘alaba qozondi. Eldor Shomurodov zaxirada qoldirildi.

«Roma» ochkolarini 28taga yetkazib, 6-o‘rindagi «Yuventus»ga yetib oldi. «Spetsiya» 12 ochko bilan 17-pog‘onada qoldi.

A Seriya. 17-tur
Roma — Spetsiya 2:0
13 dekabr, «Olimpiko»
Gollar: Smolling (6), Ibanes (56).
Roma – Patrisiu, Karsdorp, Smolling (Diavara, 64), Kumbula, Rojer, Vinya, Mxitaryan, Veretu (Bove, 90+3), Kristante, Mayoral (Afena-Gyan, 64), Abraham.
Spetsiya – Provedel, Nikolau, Amyan, Erlich, Sala (Kiver, 17), Retsa, Kovalenko (Agudelo, 53), Majore (Bastoni, 53), Jasi, Manay, Strelets (Verde, 53).
Ogohlantirishlar: Vinya (54), Kumbula (65), Afena-Gyan (70), Jasi (90+2).
Chetlatish: Afena-Gyan (90+4).

image