Friday, 3 February 2023
← Go to the news

A Seriya. Leau qizil kartochka olgan o‘yinda «Milan» g‘alaba qozondi

Italiya chempionatining 6-turida «Milan» Genuyada «Sampdoriya» bilan bahs yuritib, bir bo‘lim davomida kamchilikda o‘ynaganiga qaramay g‘alaba qozondi. Messias va Jiruning gollariga Jurichich bir bor javob berdi.

«Rossoneri» yetakchisi Leau 47-daqiqada ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.

«Milan» ochkolarini 14taga yetkazib, peshqadam «Napoli»ga yetib oldi. 2 ochkosi bor «Sampdoriya» 18-pog‘onada qoldi.

A Seriya. 6-tur
Sampdoriya — Milan 1:2
10 sentyabr, «Luiji Ferrari»
Gollar: Jurichich (57) — Messias (6), Jiru (67, penalti).
Sampdoriya – Audero, Bereshinski (Gabbyadini, 59), Murilo, Ferrari, Aujello, Leris, Jurichich (Verre, 79), Rinkon, Vilyar (Ronaldu Viyeyra, 86), Sabiri, Kaputo (Kualyarella, 78).
Milan – Menyan, Kalabriya, Ker, Kalulu, Ernandes, Pobega (Vranks, 78), Tonali, de Ketelare (Binnosir, 71), Jiru, Leau, Messias (Tomori, 59).
Ogohlantirishlar: Leau (17), Ferrari (54), Vilyar (66), Kualyarella (90+3), Aujello (90+6), Leris (90+7).
Chetlatish: Leau (47).