fbpx Betguru » La Liga. «Real» Kataloniyada mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni tan oldi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Real» Kataloniyada mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni tan oldi

La Liga 8-turi doirasidagi yana ikki uchrashuv yakuniga yetdi.

Turnir peshqadami «Real» Kataloniyada «Espanol» klubi mehmoni bo‘ldi. O‘yinda de Tomas va Aleish Vidalning ikki goliga javoban mehmonlar Benzemaning goli bilan faqat bir marta javob bera olishdi, xolos – 2:1.

Ushbu kutilmagan mag‘lubiyat Anchelotti jamoasi uchun La Ligada mavsumdagi birinchisi bo‘ldi. YeCHLdagi «Sherif»ga qarshi o‘yin bilan hisoblaganda esa mavsumdagi ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatga aylandi.

Natijada, «Real» 17 ochko bilan to‘plar nisbatiga ko‘ra «Atletiko»ni ortda qoldirib hozircha peshqadam sifatida qolgan bo‘lsa, «Espanol» esa 9 ochko bilan 12-o‘ringa chiqib oldi.

La Liga. 8-tur. 3 oktyabr
Espanol – Real Madrid 2:1
Gollar: 1:0 – 17 de Tomas, 2:0 – 60 Aleish Vidal, 2:1 – 71 Benzema.
Espanol – Diyego Lopes, Xil (Didak Vila, 81), Kabrera, Serji Gomes, Pedrosa, Aleish Vidal (Melamed, 64), Darder (David Lopes, 82), Bare, Melendo (Morlanes, 58), de Tomas, Embarba (U Ley, 65).
Real Madrid – Kurtua, Nacho, Militao, Alaba, Modrich (Yovich, 61), Kroos (Kazemiro, 61), Valverde, Kamavinga (Rodrigo, 46), Vaskes, Benzema, Vinisius Junior (Azar, 72).

Elche – Selta 1:0
Gol: 1:0 – 49 Benedetto.
Elche – Kasilya, Barragan, Roko, Verdu (Diyego Gonsales, 51; Xosema, 56), Moxika, Xosan (Pyatti, 57), Fidel, Maskarel, Guti, Benedetto (Milya, 83), Lukas Peres (Boye, 57).
Selta – Dituro, Malo, Arauxo, Murilo (Solari, 71), Galan, Tapiya (Yokushlu, 89), Mendes (Galyardo, 71), Beltran (Denis Suares, 61), Nolito (Servi, 61), Aspas, Santi Mina.

image