fbpx Betguru » APL. «Chelsi» «Sauthempton»ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi va boshqa natijalar
Thursday, 18 April 2024
← Go to the news

APL. «Chelsi» «Sauthempton»ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi va boshqa natijalar

Angliya Premer-ligasi 7-turi doirasidagi bir qator uchrashuvlar yakuniga yetdi.

«Chelsi» Londonda «Sauthempton»ni mag‘lub etdi. O‘yinda hisob Chaloba tomonidan ochilgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Uord-Prouz penaltidan farqni yo‘qqa chiqardi. Ammo ko‘p o‘tmay, qo‘polligi uchun maydondan chetlatilgach, «Chelsi» Verner va Chiluellning gollari evaziga ishonchli g‘alabani rasmiylashtirdi – 3:1.

Shuningdek, «Vulverhempton» Xvan Xi Chxanning dubli evaziga «Nyukasl»dan ustun kelgan bo‘lsa, «Lids» «Uotford»ni minimal hisobda mag‘lub etdi. «Bernli» esa «Norvich» bilan durang qayd etdi.

Natijada, «Chelsi» 16 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, «Sauthempton» 4 ochko bilan 17-o‘rinda qoldi.

APL. 7-tur.
Chelsi – Sauthempton 3:1
Gollar: 1:0 – 9 Chaloba, 1:1 – 61, penalti Uord-Prouz, 2:1 – 84 Verner, 3:1 – 89 Chiluell.
Chelsi – Mendi, Aspilikueta, Tiago Silva, Ryudiger, Chaloba, Chiluell, Kovachich (Jorjino, 73), Loftus-Chik (Barkli, 83), Lukaku, Verner, Xadson-Odoi (Maunt, 65).
Sauthempton – Makkarti, Livramento, Bednarek, Salisu, Uoker-Piters, Tella (Djenepo, 73), Romeu, Uord-Prouz, Redmond (Elyunussi, 87), Uolkott (Diallo, 46), Armstrong.
Chetlatish: Uord-Prouz (77).

Bernli – Norvich 0:0
Bernli – Poup, Louton, Tarkovski, Kollinz, Teylor, Lennon (Gudmundsson, 60), Vestvud, Braunxill, Vud (Barns, 80), Vidra (Rodriges, 35), Maknil.
Norvich – Krul, Aarons, Xenli, Gibson, Kabak, Yannulis, Maklin, Le-Melu (Rupp, 80), Normann, Pukki (Rashitsa, 80), Sardjent (Ida, 90).

Vulverhempton – Nyukasl 2:1
Gollar: 1:0 – 20 Xvan Xi Chxan, 1:1 – 41 Xendrik, 2:1 – 58 Xvan Xi Chxan.
Vulverhempton – Joze Sa, Semedu, Koudi, Saiss, Kilmen, Marsal, Moutinyu, Ruben Nevesh, Xvan Xi Chxan, Himenes, Trinkau (Dendonker, 86).
Nyukasl – Darlou, Mankilo (Merfi, 70), Klark, Fernandes, Almiron (Geyl, 77), Ritchi, Xeyden, Longstaff, Uillok (Xendrik, 36), Sen-Maksimen, Joelinton.

Lids – Uotford 1:0
Gol: 1:0 – 18 Lorente.
Lids – Mele, Kuper, Lorente, Firpo, Dallas (Roberts, 78), Klix, Fillips, Sheklton, Rafinya, Rodrigo, Jeyms.
Uotford – Foster, Femeniya, Trost-Ekong, Serralta (Kabasele, 68), Rouz, Sissoko, Kutska, Tufan (Joao Pedro, 59), King (Sema, 45), Dennis, Sarr.

image