fbpx Betguru » A Seriya. «Roma» va «Napoli»da g‘alaba va boshqa natijalar
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Roma» va «Napoli»da g‘alaba va boshqa natijalar

Italiya A Seriyasi 7-turi doirasidagi yana to‘rtta uchrashuv yakuniga yetdi.

«Roma» o‘z maydonida «Empoli»dan ustun keldi. Pellegrini va Mxitaryanning gollari Mourino shogirdlariga muhim g‘alabani taqdim etdi. Ushbu bahsda rimliklar safida Eldor Shomurodov maydonga tushirilmadi.

Yana bir uchrashuvda turnir peshqadami «Napoli» Florensiyadan g‘alaba bilan qaytdi. Spaletti shogirdlari safarda «Fiorentina»ni qiyinchilik bilan mag‘lub etishdi – 2:1.

«Verona» «Spetsiya»ni yirik 4:0 hisobda taslim etgan bo‘lsa, «Sampdoriya» – «Udineze» bahsida 6ta gol kiritildi – 3:3.

Natijada, «Napoli» ochkolari sonini 21taga yetkazib yaqqol peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, «Roma» 15 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi.

A Seriya. 7-tur. 3 oktyabr

Roma – Empoli 2:0
Gollar: 1:0 – 42 Pellegrini, 2:0 – 48 Mxitaryan.
Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini, Vinya (Kalafori, 84), Mxitaryan, Veretu, Pellegrini, Dzanolo (El-Shaaravi, 85), Darbo (Kristante, 64), Abraham.
Empoli – Vikario, Stoyanovich, Romanoli, Viti, Markitssa, Henderson (Shtulats, 70), Bandinelli (Xaas, 46), Jurkovski (Bayrami, 46), Richchi, Di Franchesko (Kutrone, 70), Pinamonti (Mankuzo, 29).

Fiorentina – Napoli 1:2
Gollar: 1:0 – 28 Martines, 1:1 – 38 Losano, 1:2 – 50 Rraxmani.
Fiorentina – Drongovski, Odriosola, Martines, Milenkovich, Biragi, Benassi, Male, Pulgar (Torreyra, 65), Dankan, Kokorin, Bonaventura, Kalexon (Sottil, 57), Vlaxovich, Gonsales.
Napoli – Ospina, Di Lorenso, Kulibali, Rraxmani, Mariu Ruy, Zelinski (Elmaz, 57), Fabian Ruis, Zambo-Angissa, Insine (Demme, 70), Losano (Politano, 57), Osimhen.

Verona – Spetsiya 4:0
Gollar: 1:0 – 4 Simeone, 2:0 – 15 Faraoni, 3:0 – 42 Kaprari, 4:0 – 71 Bessa.
Verona – Montipo, Faraoni (Chetin, 46), Gyunter (Chekkerini, 46), Davidovich, Kazale (Manyani, 69), Lazovich, Bessa (Kalinich, 73), Ilich, Barak, Kaprari (Tamez, 60), Simeone.
Spetsiya – Zut, Amyan (Sher, 46), Nikolau, Xristov, Bastoni, Ferrer, Jasi, Manay, Verde, Podgoryanu (Strelets, 59), Antist (Nzola, 59).
Chetlatish: Bastoni (81).

Sampdoriya – Udineze 3:3
Gollar: 0:1 – 15 Pereyra, 1:1 – 24, avtogol Larsen, 1:2 – 43 Betu, 2:2 – 48, penalti Kualyarella, 3:2 – 69 Kandreva, 3:3 – 82 Foresteri.
Sampdoriya – Audero, Bereshinski, Yosida, Kolli, Audjello, Kandreva, Damsgor (Askildsen, 72), Adriyen Silva (Ekdal, 73), Torsbyu, Kualyarella (Torregrossa, 87), Kaputo.
Udineze – Silvestri, Larsen (Soppi, 79), Nyuytink, Samir (Foresteri, 79), Rodrigo Bekao, Udodji (Molina, 59), Pereyra, Uolas, Makengo (Samardjich, 79), Deulofeu (Arslan, 50), Betu.

image