fbpx Betguru » YeCHL. Yaxshiboyev gol urgan o‘yinda «Sherif» Madridda tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi
Thursday, 3 October 2024
← Go to the news

YeCHL. Yaxshiboyev gol urgan o‘yinda «Sherif» Madridda tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi

Chempionlar Ligasi 2-turida turnir debyutanti «Sherif» Madridda «Real» mehmoni bo‘ldi. Moldova klubi birinchi bo‘limda Jasur Yaxshiboyevning goli evaziga hisobni ochdi. Ammo ujumchi 57-daqiqada jarohat olib, maydonni tark etdi. Shundan so‘ng mezbonlar yetakchisi Karim Benzema muvozanatni tikladi. 90-daqiqada esa Sebastyan Till supergoli bilan «Sherif»ga tarixiy g‘alabani taqdim etdi.

24 yoshli Jasur goli orqali Madridda to‘p kiritgan birinchi o‘zbekistonlikka aylandi, umuman «qirollik klubi»ga gol urish borasida esa Maksim Shatskixdan keyin ikkinchi bo‘ldi.

«Sherif» 6 ochko bilan yakkapeshqadamga aylandi. 3 ochkoga ega «Real» 2-o‘rinda. «Inter» va «Shaxtyor» hisobida 1 ochkodan mavjud.

YeCHL. 2-tur. D guruhi
Real — Sherif 1:2
28 sentyabr, «Santyago Bernabeu»
Gollar: Benzema (65, penalti) — Yaxshiboyev (25), Till (89).
Real – Kurtua, Nacho (Rodrigo, 66), Alaba, Militao, Migel (Kroos, 66), Kazemiro (Modrich, 66), Valverde, Kamavinga, Benzema, Azar (Yovich, 66), Vinisius.
Sherif – Atanasiadis, Fernando, Arboleda, Dulanto, Kristiano, Kolovos (Nikolov, 90+2), Till, Addo, Traore, Kastaneda (Julen, 78), Yaxshiboyev (Bruno, 57).
Ogohlantirishlar: Arboleda (17), Kazemiro (39), Addo (45), Dulanto (46), Yovich (81), Till (90).

image