fbpx Betguru » Futzal bo‘yicha JCH. Argentina, Qozog‘iston va Braziliya chorakfinalda
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

Futzal bo‘yicha JCH. Argentina, Qozog‘iston va Braziliya chorakfinalda

Futzal bo‘yicha jahon chempionatida 1/4 finalga chiqqan yana 3 jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

Argentina Paragvayni, Qozog‘iston esa Tailandni tor-mor etdi. Braziliya esa Yaponiyaga qarshi bahsda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Chorakfinalda Argentina Rossiyaga qarshi, Qozog‘iston O‘zbekiston—Eron juftligi g‘olibi bilan, Braziliya Marokash bilan to‘qnash keladi.

Futzal. JCH. 1/8 final

Argentina — Paragvay 6:1
Gollar: Klaudino (26), Borruto (27), Bolo (28), Basile (29), Stazzone (35), Taborda (36) — Mareko (13).

Qozog‘iston — Tailand 7:0
Gollar: Tursagulov (3), Junior (4), Jamgrajang (19, avtogol), Taynan (23), Nurgojin (24), Knaub (32), Igita (37).

Braziliya — Yaponiya 4:2
Gollar: Ferrao (5), Leonardo (31), Pito (38), Gadeya (40) — Hoshi (4), Nishitani (39).

image