Zidan mundialdan so‘ng Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi (Romano)
Tomonlar o‘zaro og‘zaki kelishuvga erishgan.
Zidan mundialdan so‘ng Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi (Romano)
«Real» sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan jahon chempionatidan so‘ng Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi borasida og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
«Zinedin Zidan atrofida har doim «Real» va boshqa klublar bilan bog‘liq mish-mishlar yuradi. Zidan bo‘yichavaziyatga kelsak, barcha gap-so‘zlarga qaramay holat ancha tushunarli bo‘lib qolmoqda.
Dekabr oyida uni «Real»ga o‘tishi mumkinligi haqida aytilgandi. Men esa agar Xabi Alonso ketsa, nomzod Arbeloa bo‘ladi degandim. Hozir ham Arbeloa klub tizimida qolmoqda.
Zinedinga kelsak, u bilan Fransiya futbol federatsiyasi o‘rtasida jahon chempionatidan keyin Fransiya milliy jamoasini boshqarishi bo‘yicha og‘zaki kelishuv mavjud. Hozir barcha e’tibor Desham bilan mundialga qaratilgan.
Federatsiyaga, fransiyalik futbolchilarga va Deshamning o‘ziga hurmat yuqori darajada. Oldinda katta turnir turibdi, ammo kutilmoqda, mundialdan keyin Zinedin murabbiylik faoliyatiga qaytadi va milliy jamoadan boshqaradi.
Biroq yana bir bor ta’kidlayman, bu hozircha faqat so‘zlar. Futbolda hech narsa aniq bo‘lmagan ekan, har qanday o‘zgarish yuz berishi mumkin. Ayniqsa, murabbiylar masalasida», — dedi Romano o‘z podkastida.
Ma’lumot o‘rnida, 53 yoshli Zidan 2021 yil iyun oyida «Real» bosh murabbiyligini tark etgan va shundan beri bosh murabbiy sifatida ish olib bormayapti. Avvalroq Zidaning Ispaniyaga uchib kelgani ma’lum qilingan edi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan