YEChL. «Sporting» superkambek amalga oshirib, «Budyo-Glimt» «ertagi»ga yakun yasadi
Lissabon klubi chorak finalga yo’l oldi.
YEChL. «Sporting» superkambek amalga oshirib, «Budyo-Glimt» «ertagi»ga yakun yasadi
Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsida «Sporting» klubi Lissabnda «Budyo-Glimt»ni qabul qildi.
Asosiy vaqtda mezbonlar uchta gol urib, kambekni amalga oshirdi. Qo’shimcha bo’limlarda «Sporting» yana norvegiyaliklar darvozasini ishg’ol qildi.
Shu tariqa, portugalliklar superkambek evaziga g’alaba qozonib, chorak finalga chiqdi. Endi «Sporting» klubi «Arsenal» — «Bayer» juftligi bilan bellashadi.
YEChL. 1/8 final.
Sporting – Budyo-Glimt 5:0
Gollar: Inasiu 34, Gonsalvesh 61, Suares 78 penalti, Arauxo 92, Nel 120+1.
Sporting – Ruy Silva, Fresneda, Kuaresma, Inasiu, Arauxo, Yulmann, Morita (Bragansa, 68), Katamu, Trinka, Gonsalvesh (Santush, 68), Suares (Nel, 116).
Budyo-Glimt – Xaykin, Sevod, Bertuft, Gundersen, Berkan, Even (Bassi, 84), Berg, Fet, Blomberg, Heg (Helmersen, 79), Xauge.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan