YEChL. «Arsenal» 90+1-daqiqada gol urib «Sporting»ni mag’lub etdi
Haverts yagona gol muallifi.
YEChL. «Arsenal» 90+1-daqiqada gol urib «Sporting»ni mag’lub etdi
Chempionlar ligasi chorakfinal birinchi o’yinida «Arsenal» safarda «Sporting» bilan kuch sinashdi.
O’yin 1:0 hisobida «to’pchilar»ning g’alabasi bilan yakuniga yetdi. Yagona gol 90+1-daqiqada Kay Haverts tomonidan urildi. 63-daqiqada Subimendining goli esa inobatga olinmadi.
Bu jamoalar bir haftadan so’ng Londonda javob bahsini o’tkazadi.
YEChL. Chorakfinal
Sporting – Arsenal 0:1
Gol: Haverts 90+1
Sporting – Ruy Silva, Fresneda, Diomande, Inasio, Araujo, Morita, Simoes, Trinka, Katamo, Gonsalvesh (Nel, 79), Suares.
Arsenal – Rayya, Uayt, Saliba, Gabriel, Kalafiori, Edegor (Haverts, 70), Subimendi, Rays, Madueke (Douman, 76), Gokeresh, Trossar (Martinelli, 76).
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan