fbpx Betguru » YChL. «PSJ» «Liverpul»dan ustun keldi, «Barselona» bir kishi kam holda «Atletiko»ga yutqazib qo‘ydi
Saturday, 11 April 2026
← Go to the news

YChL. «PSJ» «Liverpul»dan ustun keldi, «Barselona» bir kishi kam holda «Atletiko»ga yutqazib qo‘ydi

Chorakfinalning dastlabki bahslari yakuniga yetdi.

YChL. «PSJ» «Liverpul»dan ustun keldi, «Barselona» bir kishi kam holda «Atletiko»ga yutqazib qo‘ydi

Yevropa Chempionlar ligasi chorakfinal birinchi o‘yinida «PSJ» Parijda «Liverpul»ni qabul qildi. Bahs 2:0 hisobida turnirning amaldagi chempionlarining g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Gollar Due va Xvicha hisobiga yozildi.

«Barselona» o‘z maydonida «Atletiko»ga yutqazib qo‘ydi. Pau Kubarsi birinchi bo‘lim oxirida maydondan chetlatildi. Alvares esa jarima to‘pidan so‘ng supergolga mualliflik qildi. Ikkinchi bo‘limda Aleksandr Serlot ham «matraschilar» libosida 2-golni urishga muvaffaq bo‘ldi.

YChL. Chorakfinal
PSJ – Liverpul 2:0
Gollar: Due 11, Xvicha 65
PSJ – Safonov, Hakimi, Markinos, Pacho, Nunu Mendesh, Zair-Emeri, Vitinya, Nevesh, Due (Li Kang In, 77), Xvicha, Dembele.
Liverpul – Mamardshvili, Konate, Gomes, van Deyk, Kerkez (Robertson, 78), Gravenberh, Soboslai (Jons, 78), Makallister, Frimpong, Virtz (Gakpo, 78), Ekitiqe (Isak, 78).

Barselona – Atletiko 0:2
Gollar: Alvares 45, Serlot 70
Barselona – Joan Garsiya, Kanselu, Kubarsi, Erik Garsiya, Jerar Martin, Kunde (Arauho, 73), Olmo, Pedri (Gavi, 46), Levandovski (Fermin, 46), Reshford (Torres, 73), Yamal.
Atletiko – Musso, Rujjeri, Molina, Hansko, Le Norman, Koke (Baena, 60), Liorente, Simeone (Almada, 80), Grizmann (Gonsales, 80), Alvares, Lukman (Serlot, 60.
Chetlatish: Kubarsi 44.

image