Yana bir yulduz JCH-2026ni o‘tkazib yuboradi
«Everton» klubi va Angliya milliy jamoasi markaziy himoyachisi 2026 yilgi jahon chempionatidan chetda qoladigan bo‘ldi.
Yana bir yulduz JCH-2026ni o‘tkazib yuboradi
«Everton» va Angliya terma jamoasi markaziy himoyachisi Jarred Brentueyt 2026 yilgi jahon chempionatidan chetda qoladi.
The Athletic nashriga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi «Liverpul»ga qarshi APLning 33-turida (1:2) o‘yinda o‘ng oyog‘ining tizzaosti payini shikastlab olgan va 87-daqiqada maydonni tark etgan.
Brentueyt mavsumning asosiy qismini tizzasidagi jarohat tufayli o‘tkazib yubordi, jami 10 ta o‘yinda maydonga tushgan futbolchi 1 ta gol urib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Angliya milliy jamoasi tarkibida himoyachi bir o‘yinda qatnashgan, lekin muntazam ravishda yig‘inlarga chaqirilardi.
Transfermarkt portali uning aktual transfer narxini 45 mln yevro deb baholamoqda
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan