← Go to the news
01.04.2026
19
Futbol
Valverde so’nggi 6 o’yinda 7 ta gol urdi
Urugvay Angliya bilan durang qayd etdi.
Valverde so’nggi 6 o’yinda 7 ta gol urdi
«Real» va Urugvay milliy jamoasi yarimhimoyachisi Federiko Valverde o’zining golli seriyasini davom ettirmoqda.
Gap shundaki, 27 yoshli xavbek Angliyaga (1:1) qarshi o’rtoqlik bahsida 90+4-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, Janubiy Amerika jamoasini mag’lubiyatdan saqlab qoldi.
Bu esa Valverdening so’nggi olti o’yinidagi 7-goliga aylandi. U avvalroq «Selta», «Elche» va «Atletiko»ga qarshi bahslarda ham bittadan gol urgandi. «Manchester Siti»ga qarshi Chempionlar ligasida esa faoliyatidagi ilk het-trikka erishgandi.
Ma’lumot uchun, Urugvay milliy jamoasi JCh-2026 da guruh bosqichida Saudiya Arabistoni, Kabo-Verde va Ispaniyaga qarshi o’ynaydi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan