UFC 324. Geyji – vaqtinchalik chempion, O’Melli va Nurmagomedov ham hakamlar qaroriga ko’ra g’alaba qozondi
Las-Vegasda UFC 324 yirik turniri bo’lib o’tdi.
UFC 324. Geyji – vaqtinchalik chempion, O’Melli va Nurmagomedov ham hakamlar qaroriga ko’ra g’alaba qozondi
Foto: UFC
AQShning Las-Vegas shahrida UFC 324 turniri bo’lib o’tdi.
Musobaqaning asosiy jangini engil vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun to’qnashuv tashkil etdi. Unda Jastin Geyji (28–5) Paddi Pimblettni (23–4) hakamlarning yakdil qaroriga ko’ra mag’lub etdi (48:47, 49:46, 49:46).
Yana bir jangda esa Shon O’Melli (19–3) Sun Yadun (22–9–1) ustidan hakamlarning yakdil qaroriga ko’ra g’alaba qozondi — 29:28 (uch marta).
Shuningdek, Habib Nurmagomedovning ukasi Umar Nurmagomedov (20–1) Deivison Figueiredoni (25–6–1) hakamlar qaroriga ko’ra mag’lub etdi — 30:27 (uch marta).
Avvalroq UFC 323 turnirida Pyotr Yan chempionlikni qaytarib olgani, Blahovich va Guskov esa durang qayd etgani ma’lum qilingan edi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan