fbpx Betguru » UEFA Italiyani Yevro-2032 mezbonligidan mahrum qilishi mumkin
Thursday, 9 April 2026
← Go to the news

UEFA Italiyani Yevro-2032 mezbonligidan mahrum qilishi mumkin

Cheferin stadionlar holati yaxshilanmasa, turnir boshqa davlatga berilishini aytdi.

UEFA Italiyani Yevro-2032 mezbonligidan mahrum qilishi mumkin

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Italiya Yevro-2032 mezbonligidan mahrum bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

«2032-yilda Italiyada Yevropa chempionati o‘tkazilishi rejalashtirilgan, ammo stadionlar holatini «salbiy»dan boshqa so‘z bilan tasvirlab bo‘lmaydi.

Italiya siyosiy rahbarlari mamlakatda futbol infratuzilmasi nega Yevropadagi eng yomonlardan biri ekanini o‘ylab ko‘rishi kerak. Yevro-2032 rejalashtirilgan va o‘tkaziladi. Umid qilamanki, infratuzilma tayyor bo‘ladi. Aks holda turnir Italiyada o‘tkazilmaydi», — dedi Cheferin

image