fbpx Betguru » Turkiya Superligasi. «Bashakşehir» «Trabzonspor» bilan bahsda mag’lubiyatdan qutulib qoldi (videosharh)
Tuesday, 21 April 2026
← Go to the news

Turkiya Superligasi. «Bashakşehir» «Trabzonspor» bilan bahsda mag’lubiyatdan qutulib qoldi (videosharh)

Shomurodov 75 daqiqa o’ynadi, Fayzullayev zaxiradan tushirildi.

Turkiya Superligasi. «Bashakşehir» «Trabzonspor» bilan bahsda mag’lubiyatdan qutulib qoldi (videosharh)

Turkiya chempionatining 30-turida «Bashakşehir» safarda «Trabzonspor»ga 90+3-daqiqada gol urib, durangga erishdi.

Istanbul klubi safida O’zbekiston milliy jamoasi a’zosi Eldor Shomurodov 75 daqiqa harakat qildi, Abbos Fayzullayev esa 81-daqiqada zaxiradan tushirildi.

Liga yakuniga 4 ta tur qolganda «Trabzonspor» ochkolarini 65 taga yetkazib, 3-o’rinni egallab turibdi. Peshqadam «Galatasaray» hisobida 71 ochko bor. «Bashakşehir» esa 48 ochko bilan 5-pog’onaga joylashgan.

Turkiya Superligasi. 30-tur
Trabzonspor — Bashakşehir 1:1
19 aprel, «Park Papara»
Gollar: Felipe Augusto (73) — Zelke (90+3).
Trabzonspor — Onana, Pina, Nwaivu, Savich, Eskixellach, Oulai (Bushari, 89), To’fon, Zubkov (Yokushlu, 82), Felipe Augusto, Nwakaeme (Lovik, 69), Onuachu.
Bashakşehir — Shengazer, Bulut, Duarte, Opoku, Karatash, Kemen, Gunes (Ergun, 75), Sari (Fayzullayev, 81), Brnich (Harit, 67), Shomurodov (Da Costa, 75), Yildirim (Zelke, 75).
Ogohlantirishlar: Opoku (66), Fayzullayev (87).

image