Turkiya kubogi. Fayzullayev va Shomurodov gol urgan bahsda «Bashakshehir» yirik hisobda g’alaba qozondi
Eldor 26-daqiqada jarohat sabab almashtirildi.
Turkiya kubogi. Fayzullayev va Shomurodov gol urgan bahsda «Bashakshehir» yirik hisobda g’alaba qozondi
Turkiya kubogi A guruhi 3-turida «Bashakshehir» «Fotih Karagumruk» ustidan yirik hisobda g’alaba qozondi.
Native Network
Istanbul jamoasining dastlabki ikki goliga oʻzbekistonlik futbolchilar mualliflik qildi. Abbos Fayzullayev hisobni ochgan boʻlsa, Eldor Shomurodov ikkinchi toʻpni kiritdi. Ammo Oʻzbekiston milliy jamoasi sardori goldan koʻp oʻtmay — 26-daqiqada jarohat sabab almashtirildi.
«Bashakshehir» ochkolarini 6 taga yetkazib, 8 jamoa orasida 3-oʻrinni egallab turibdi. «Karagumruk» 2 ochko bilan 5-pog’onada.
Turkiya kubogi. A guruhi. 3-tur
Karagumruk — Bashakshehir 1:4
4 fevral, Otaturk nomidagi stadion
Gollar: Kone (79) — Fayzullayev (8), Shomurodov (22), Krespo (50), Brnich (65).
Bashakshehir — Alemdar, Bulut, Duarte (Gureler, 46), Ba, Operi (Ebossele, 58), Oʻzdemir, Gunesh (Kalujinski, 66), Fayzullayev (Sari, 58), Brnich, Shomurodov (Krespo, 26), Yildirim.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan