Tunis milliy jamoasi bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Afrika millatlar kubogidagi omadsizlikdan soʻng tomonlar oʻzaro kelishuv asosida shunday qarorga keldi.
Tunis milliy jamoasi bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Tunis milliy jamoasi bosh murabbiyi Sami Trabelsi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tunisliklar Afrika millatlar kubogidagi ishtirokini erta yakunladi. Jamoa 1/8 finalda Mali milliy jamoasiga penaltidan mag’lub bo’ldi. ma’lumot uchun.
Ushbu omadsizlikdan so’ng bosh murabbiy iste’foga chiqarildi. Tomonlar o’zaro kelishuv asosida hamkorlikni tugatishga qaror qilgan, Trabelsi milliy jamoani o’z yordamchilari bilan birga tark etdi.
Ma’lumot o’rnida, Sami 2025 yil fevral oyidan beri Tunis milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Uning qo’l ostida jamoa 10 ta uchrashuvda g’alaba qozonib, 4 marta mag’lub bo’ldi va yana 4 o’yinda durang qayd etdi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan