fbpx Betguru » «Tottenhem» klub tarixida antirekord o‘rnatdi
Wednesday, 18 March 2026
← Go to the news

«Tottenhem» klub tarixida antirekord o‘rnatdi

«Tottenhem» klubi UYEFA Chempionlar Ligasi 1/8 final doirasida «Atletiko» imkoniyatni boy berdi (2:5).

«Tottenhem» klub tarixida antirekord o‘rnatdi
«Tottenhem» klub tarixida antirekord o‘rnatdi
Angliyaning «Tottenhem» klubi UYEFA Chempionlar Ligasi 1/8 final doirasida Ispaniyaning «Atletiko» jamoasiga imkoniyatni boy berdi (2:5).

Statistika portali Opta Sport’ning xabariga ko‘ra, londonliklar tarixda ilk bor qatorasiga oltita o‘yinda mag‘lub bo‘lishdi. Bungacha klub Angliya Premer-liga doirasida 5 ta uchrashuvda imkoniyatni boy bergan edi. Bu omadsiz seriya tufayli jamoa ustozi Tomas Frank bilan xayrlashildi va uning o‘rnini xorvatiyalik Igor Tudor egalladi.

Jamoalarning javob bellashuvi 18-mart kuni bo‘lib o‘tadi. APL doirasidagi navbatdagi turda esa Tudor jamoasi safaada «Liverpul» bilan bellashadi.

image