fbpx Betguru » Tata Steel Chess-2026. Abdusattorov hisobda peshqadam, Sindarov mag’lubiyatsiz harakatda
Saturday, 7 February 2026
← Go to the news

Tata Steel Chess-2026. Abdusattorov hisobda peshqadam, Sindarov mag’lubiyatsiz harakatda

Bugun, 1 fevral kuni musobaqaning so’nggi 13-tur bahslari bo’lib o’tadi.
Tata Steel Chess-2026. Abdusattorov hisobda peshqadam, Sindarov mag’lubiyatsiz harakatda

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo’yicha Tata Steel Chess-2026 musobaqasi bo’lib o’tmoqda.

Kecha turnirning 12-tur bahslari yakuniga yetdi. Mazkur turda Nodirbek Abdusattorov germaniyalik Mateus Blubaumni yenggan bo’lsa, Javohir Sindarov hindistonlik shaxmatchi Pragnanandhaa Rameshbabu bilan durang o’ynadi.

Endilikda Masters guruhi turnir jadvalida Abdusattorov 8 ochko bilan yaqqol peshqadamlik qilmoqda, 2-o’rindan esa 7,5 ochkoga ega Sindarov joy olgan. E’tiborli tomoni, Javohir musobaqa davomida mag’lubiyatga uchramagan yagona shaxmatchi bo’lib turibdi — 3 g’alaba va 9 durang.

Qayd etish lozim, musobaqaning so’nggi 13-tur bahslariga bugun, 1 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 16:15 dan boshlab start beriladi. Avvalroq Nodirbekning jahon chempionati yo’llanmasini qo’lga kiritgani ma’lum qilingan edi.

Tata Steel Chess-2026. 12-tur bahslaridan so’ng Masters guruhi turnir jadvali

image