fbpx Betguru » Superliga. «Navbahor» «Surxon»ni mag‘lub etib, peshqadamlarga yetib oldi
Wednesday, 15 April 2026
← Go to the news

Superliga. «Navbahor» «Surxon»ni mag‘lub etib, peshqadamlarga yetib oldi

Namangan klubi o‘z maydonida ishonchli hisobda g‘alaba qozondi.

Superliga. «Navbahor» «Surxon»ni mag‘lub etib, peshqadamlarga yetib oldi

Superliganing 7-turidan o‘rin olgan «Navbahor» — «Surxon» bahsi yakunlandi.

Uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. «Navbahor» safida Aleks Fernandes va Vanya Ilich gollarga mualliflik qildi.

Ushbu natijadan so‘ng namanganliklar ochkolarini 15 taga yetkazib, peshqadamlar bilan tenglashdi va kuchli uchlikdan joy oldi. «Surxon» esa 8 ochko bilan hozircha 9-o‘rinda qoldi.

Superliga. 7-tur
Navbahor — Surxon 2:0
Gollar: Aleks Fernandes, 26; Vanya Ilich, 78.

Navbahor: O‘tkir Yusupov, Saidazamat Mirsaidov, Giorgi Jgerenaya, Umar Adhamzoda, Islombek Mamatqozin, Ruslanbek Jiyanov, Quvondiq Ro‘ziyev (Benjamin Teidi, 57), Shohruxbek Abdurahmonov (Diyor Xolmatov, 57), Aleks Fernandes, Vanya Ilich (Shohmalik Komilov, 83), Katulondi Kati (Muhammadali Usmonov, 57).
Surxon: Davron Merganov (Artyom Potapov, 45+3), Nodirxon Nematxonov, Behzod Shamsiyev, Javohir Jo‘rayev (Behruzjon Karimov, 46; Behruz Shaydulov, 66), Jamalidin Xodjaniyazov, Doston Tursunov, Behruz Shukurullayev, Sarvar Abduhamidov, Tornike Zebniauri (Humoyun Sherbo‘tayev, 46), Farruxjon Qodirov (Stefan Chinedu, 46), Richard Fraydey.

image