Skaloni: «Messining JChda ishtirok etishini butun dunyo kutmoqda»
Argentina milliy jamoasi ustozasi Leo haqida fikr bildirdi.
Skaloni: «Messining JChda ishtirok etishini butun dunyo kutmoqda»
Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni hujumchi Lionel Messining JCh-2026 turnirida ishtirok etishi borasida hali aniq to’xtamga kelmaganini bildirdi.
«Bu savolni ko’proq uning o’ziga berish kerak. Meni fikrimni hamma yaxshi biladi. Uning maydonga tushishi uchun qo’limdan kelgan barcha ishni qilaman. Qarorni men emas, uning o’zi ruhiy va jismoniy holatidan kelib chiqib qabul qiladi.
Hozirda vaziyat murakkab, chunki uni nafaqat argentinaliklar, balki butun dunyo ko’rishni istaydi. Shaxsan men uning u yerda bo’lishini xohlayman. Lekin baribir yakuniy so’zni o’zi aytadi. U xotirjam qaror qabul qilish huquqini allaqachon qo’lga kiritgan. Shu o’rinda biz ham shoshilmaymiz. Uning mundialda o’ynashidan umidvormiz», — dedi Skaloni.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan