Shumaxerning ahvoli haqida yangi tafsilotlar ma’lum bo’ldi«Formula-1»ning 7 karra chempioni hozirda yotoqqa mixlanib qolmagan va uni nogironlar aravachasida olib yurishadi.
Shumaxerning ahvoli haqida yangi tafsilotlar ma’lum bo’ldi
OAVda Shumaxerning ahvoli haqida yangi tafsilotlar paydo bo’ldi.
Native Network
Daily Mail nashri bir nechta manbalarga tayanib xabar berishicha, «Formula-1»ning 7 karra chempioni Mixael Shumaxer hozirda yotoqqa mixlanib qolmagan. Shunga qaramay, u hali ham yura olmaydi: uni uy ichida nogironlar aravachasida olib yurishadi.
Shuningdek, Shumaxerda «yopiq odam sindromi» yoki psevdokoma borligi haqidagi ma’lumotlarga ham oydinlik kiritildi. Bu holat atrof-muhitga faqat ko’z qisish va ko’z harakatlari orqali munosabat bildirish hamda muloqot qilish qobiliyatini anglatadi. Bir nechta manbalar bu tashxis noto’g’ri ekanini ma’lum qilgan.
«U hamma narsani tushunayotganini aniq aytib bo’lmaydi, chunki u buni ayta olmaydi. U atrofida bo’layotgan voqealarning bir qismini anglayotgandek tuyuladi, biroq ehtimol hammasini emas», — dedi Daily Mail manbalaridan biri anonimlik sharti bilan.
Bundan tashqari nashr 2024 yilda Mixael qizi Jinaning to’yida bo’lgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi va uning oldiga faqat 3–4 kishi, jumladan «Ferrari»ning sobiq rahbarlari Jan Todt va Ross Braun, shuningdek, poygachining menejeri Sabina Kem borishi mumkinligini tasdiqladi.
Eslatib o’tamiz, Shumaxer 2013 yil dekabr oyida Alp tog’larida chang’i uchish vaqtida olgan bosh miya jarohatidan so’ng hanuzgacha reabilitatsiya jarayonini davom ettirmoqda. Chempionning oilasi uning ahvoli borasida qat’iy maxfiylikni saqlab kelmoqda.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan