fbpx Betguru » Shmeyxel faoliyatini yakunlash arafasida
Sunday, 22 March 2026
← Go to the news

Shmeyxel faoliyatini yakunlash arafasida

Og‘ir jarohat darvozabonni katta qaror oldida qoldirdi.

Shmeyxel faoliyatini yakunlash arafasida

«Seltik» darvozaboni Kasper Shmeyxel jiddiy yelka jarohati tufayli futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi.

Futbolchiga biceps uzilishi, rotator manjetasi shikastlanishi va yelka chiqishi tashxisi qo‘yilgan. U ikki marta operatsiya qilinadi, tiklanish jarayoni esa 10–12 oy davom etishi kutilmoqda.

«Hozir qanday reaksiya qilishni bilmayman. Men bolaligimdan futbolchiman va bu fikr meni bo‘shashtirib qo‘ydi. Menga bu faoliyatimning oxiri bo‘lishi mumkinligi aytildi. Qaytishimga kelib yoshim 40 dan oshadi», — dedi Shmeyxel.

Shuningdek, darvozabon o‘tgan mavsumdan beri jarohat bilan o‘ynab kelganini va kuchli og‘riqlarga qaramay maydonga tushganini tan oldi.

Ma’lumot uchun, Shmeyxel faoliyati davomida «Lester», «Manchester Siti» va boshqa klublarda to‘p tepgan. Daniya milliy jamoasi bilan esa Yevro-2020 turnirida yarim finalga qadar yetib borgan.

image