Saudiya klubi «Real» yulduzi Vinisius uchun 230 mln yevro taklif qildi
Vinisius Juniorning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Saudiya klubi «Real» yulduzi Vinisius uchun 230 mln yevro taklif qildi
Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior Saudiya Arabistoni klublari e’tiborida qolishda davom etmoqda. indykaila News xabariga ko‘ra, o‘tgan dam olish kunlari noma’lum saudiya klubi «Real» bilan bog‘lanib, braziliyalik futbolchini transfer qilish uchun 230 million yevro taklif qilgan.
Manbada ta’kidlanishicha, «qirollik klubi» rahbariyati Vinisiusni joriy qishki transfer oynasida sotmasligini aniq bildirib o‘tgan.
Joriy mavsumda 25 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o’tamiz, Vinisius Juniorning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan