fbpx Betguru » Rosenior Ensoni chetlatgani haqida: «Chelsea»ning uzoq muddatli istiqbolini o’ylab, shunday qaror qabul qildim»
Friday, 17 April 2026
← Go to the news

Rosenior Ensoni chetlatgani haqida: «Chelsea»ning uzoq muddatli istiqbolini o’ylab, shunday qaror qabul qildim»

Klub va murabbiy tomonidan ikki o’yinga chetlatilgan argentinalik yarim himoyachi mashg’ulotlarga qaytmoqda.

Rosenior Ensoni chetlatgani haqida: «Chelsea»ning uzoq muddatli istiqbolini o’ylab, shunday qaror qabul qildim»
Foto: Getty Images
“Chelsi” bosh murabbiyi Liam Rosenior jamoa yarimhimoyachisi Enso Fernandesni ikki oʻyinga chetlatgani haqida gapirdi.

«Enso har qanday jamoaga yetishmaydi. Men klub uchun uzoq muddatli istiqbolni o’ylab, rahbariyat va sport bo’limi qo’llab-quvvatlovi bilan shunday qaror qabul qildim.

Enso bilan bog’liq vaziyatda shaxsiy adovat yo’q. U seshanba kuni jamoa bilan mashg’ulotlarga qaytadi. U — ajoyib o’yinchi va juda yaxshi inson. Uning qaytishini intiqlik bilan kutyapman.

Men aytib o’tgan muammo bor. Enso jamoa yetakchilari va o’yinchilar bilan gaplashishni xohlagandi. Men matbuot anjumanida qatnashgan paytda u bunga ulgurmagandi. Keyin u men, klub rahbariyati va barcha o’yinchilar bilan gaplashdi. Biz uning qaytishini sabrsizlik bilan kutyapmiz», — deydi angliyalik mutaxassis Sky Sports’ga bergan intervyusida.

image