fbpx Betguru » Ronaldu kelajagi borasida qaror qabul qildi
Monday, 2 March 2026
← Go to the news

Ronaldu kelajagi borasida qaror qabul qildi

Portugaliyalik hujumchi klub rahbariyatidan transfer kafolatlarini olgach, «An Nasr»da qolishga rozi bo‘ldi.

Ronaldu kelajagi borasida qaror qabul qildi

Krishtianu Ronaldu yaqin vaqt ichida «An Nasr»ning bir nechta bahsini boykot qilgani ortidan uning kelajagi borasida turli mish-mishlar tarqalgan edi. Ayrim manbalarda portugaliyalik yulduz yozda Saudiya Arabistonini tark etishi mumkinligi aytilgandi.

Biroq 365Scores nashri xabariga ko‘ra, Ronaldu klubda qolish haqida yakuniy qaror qabul qilgan. Futbolchi shartnomasi yakuniga qadar — 2027-yil o‘rtalarigacha «An Nasr» safida faoliyatini davom ettiradi.

Ta’kidlanishicha, hujumchi Saudiya Arabistoni investitsiya jamg‘armasi vakillaridan jamoani kuchaytirish va top-darajadagi futbolchilar transferi bo‘yicha kafolatlar olganidan so‘ng ushbu qarorga kelgan.

Ayni paytda «An Nasr» Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Al Ahli» jamoasi ikki ochkoga ortda qolayotgan bo‘lsa, «Al Hilol» uch ochko farqi bilan uchinchi pog‘onada bormoqda.

image