«PSJ» Yamalning transferi uchun 350 mln yevro taklif qilishga tayyor
Parij klubi yozda Lamin bo‘yicha rasmiy taklif yuboradi.
«PSJ» Yamalning transferi uchun 350 mln yevro taklif qilishga tayyor
«PSJ» klubi «Barselona» vingeri Lamin Yamalni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Chempionlar ligasining amaldagi chempioni ispan 18 yoshli futbolchining transferi uchun taxminan 350 mln yevro miqdorida taklif tayyorlamoqda. Agar ushbu kelishuv amalga oshsa, bu summa jahon futboli tarixidagi mutlaq rekordga aylanishi mumkin.
Biroq transferni amalga oshishi biroz qiyin bo‘lishi mumkin. Chunki Kataloniya klubi Yamalni har qanday taklif bo‘lishiga qaramay, sotish niyatida emasligini ma’lum qilgan. Shunga qaramay, «PSJ» kelishuv amalga oshishi uchun yozda rasmiy taklif yubormoqchi.
Bu mavsumda Yamal barcha turnirlar doirasida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan