«PSJ» va «Chelsi» Baleba uchun da’vogar
Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo’ljallangan.
«PSJ» va «Chelsi» Baleba uchun da’vogar
«PSJ» va «Chelsi» klublari «Brayton» yarimhimoyachisi Karlos Balebaga qiziqishlarini oshirdi. Bu haqida TeamTALK nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, «chaykalar» kamerunlik futbolchini 80-100 million funtga baholamoqda.
Qayd etilishicha, «Chelsi» va «PSJ» Balebani qo’lga kiritish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega. Bu jamoalar Chempionlar ligasida doimiy ravishda ishtirok etadi. Baleba faoliyatini shunday jamoada davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Bu mavsumda Karlos barcha turnirlar doirasida 23 ta o’yinda maydonga tushgan. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko’ra, uning bozor narxi 60 million evroni tashkil qiladi
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan