fbpx Betguru » «PSJ» «Lion»ga qarshi o’yinda antirekord qayd etdi
Tuesday, 21 April 2026
← Go to the news

«PSJ» «Lion»ga qarshi o’yinda antirekord qayd etdi

Bu holat 2011 yildan buyon qayd etilmagandi.

«PSJ» «Lion»ga qarshi o’yinda antirekord qayd etdi

«PSJ» Liga 1 doirasidagi «Lion»ga qarshi o’yin (1:2)da antirekord qayd etdi.

Parijliklar ushbu qarama-qarshilikda 18-daqiqaga keliboq ikki marta gol o’tkazib yuborishdi. Bu holat «PSJ» uchun Qatar fondi klubni sotib olgan 2011 yildan buyon qayd etilmagandi. Shu vaqt oralig’ida hech bir raqib «Park de Prens»da chempionat o’yinida bunchalik erta ikki to’p farqiga ega bo’lmagandi.

Yakunda bu ustunlik «sherlar»ga g’alaba uchun yetarli bo’ldi. Shunga qaramay, Luis Enrike jamoasi hali ham Liga 1 turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, ammo «Lans» bilan oradagi farq atigi bir ochkoni tashkil etadi. «Lion» esa hozirda 4-o’rinda joylashgan.

image