fbpx Betguru » Osiyo kubogi U-23. Yaponiya Xitoyni tor-mor etib, qatorasiga ikkinchi bor qit’a chempioniga aylandi
Saturday, 31 January 2026
← Go to the news

Osiyo kubogi U-23. Yaponiya Xitoyni tor-mor etib, qatorasiga ikkinchi bor qit’a chempioniga aylandi

Saudiya Arabistonida o’tgan turnirda 19-20 yoshli o’yinchilar bilan kelgan yaponlar g’olib bo’lishdi.

Osiyo kubogi U-23. Yaponiya Xitoyni tor-mor etib, qatorasiga ikkinchi bor qit’a chempioniga aylandi

Saudiya Arabistonida o’tgan 23 yoshgacha bo’lgan futbolchilar o’rtasidagi Osiyo kubogi yakuniga yetdi.

Finalda amaldagi chempion Yaponiya Xitoy darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi va qatorasiga ikkinchi bor, umumiy hisobda esa uchinchi marta qit’a chempionligini qo’lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, 23 yanvar kuni 3-o’rin uchun kechgan bellashuvda Vetnam Janubiy Koreyani penaltilar seriyasida mag’lub etib, bronza medallariga sazovor bo’lgandi.

Osiyo kubogi U-23. Final
Xitoy — Yaponiya 0:4
24 yanvar. Jidda. Shahzoda Abdulla al Faysal nomidagi stadion
Gollar: Ozeki (12), Ogura (20, 76), Sato (59, penalti).

image