fbpx Betguru » Osiyo kubogi U-23. Avstraliya Xitoyga yutqazib qo’ydi, Iroqda yana durang
Saturday, 17 January 2026
← Go to the news

Osiyo kubogi U-23. Avstraliya Xitoyga yutqazib qo’ydi, Iroqda yana durang

So’nggi tur oldidan guruhdagi barcha jamoada pley-offga chiqish imkoniyati saqlanib qolmoqda.

Osiyo kubogi U-23. Avstraliya Xitoyga yutqazib qo’ydi, Iroqda yana durang

Saudiya Arabistonida o’tayotgan yoshlar o’rtasidagi Osiyo kubogida D guruhida 2-tur bahslari bo’lib o’tdi.

Avstraliya (3) kutilmaganda Xitoyga (4) yutqazib qo’ygan bo’lsa, Iroq (2) Tailand (1) bilan durang qayd etdi.

So’nggi tur oldidan guruhdagi barcha jamoada pley-offga chiqish imkoniyati saqlanib qolmoqda.

Osiyo kubogi U-23
D guruhi. 2-tur. 11 yanvar
Xitoy — Avstraliya 1:0
Gol: Peng Xiao (43).

Tailand — Iroq 1:1
Gollar: Phutonyong (86) — Fayzal (27, penalti).

image